Mebel ishlab chiqaruvchi
Kechki va dam olish kunlaridagi so'rovlarga Sales AI javob beradi, buyurtma CRM'ga tushadi, ertalab menejer davom ettiradi.
Biznesingizga yana bir xodim kerakmi?
Yoki butun bir aqlli jamoa?
Biznesingiz uchun AI xodimlar.
Sotuv, buxgalteriya, HR, eksport va mijozlar bilan aloqa uchun raqamli xodimlarni yaratamiz, ishingizga ulaymiz va boshqaramiz.
Kartani bosing — xodim jamoaga qo'shiladi. O'ng tomonda u nima qilishini ko'rasiz.
Bitta xabar AI jamoa ichidan qanday o'tishini kuzating.
Bitta xabar AI jamoa ichidan qanday o'tishini kuzating.
15 daqiqada biznesingiz va eng ko'p vaqt olayotgan ishlarni o'rganamiz.
O'z ma'lumotlaringiz bilan ishlaydigan AI xodimni jonli ko'rsatamiz.
1 AI xodim — 10 kun, AI jamoa — 14 kun. Har bosqichni siz bilan kelishamiz.
Xodimlaringizni o'qitamiz, birinchi oy natijani birga kuzatamiz.
Sotuv: har bir so'rovga 1 daqiqada javob, buyurtma CRM'da, follow-up o'zi eslatiladi.
Buxgalteriya: hisob-faktura va aktlar tekshiriladi, yetishmayotgan hujjat topiladi, oylik xulosa tayyor.
Kadrlar: rezyumelar saralanadi, buyruq va shartnoma loyihalari bir daqiqada.
Eksport: invoys, kontrakt va CMR mosligi tekshiriladi, muddatlar kuzatiladi.
Mijozlar: ko'p beriladigan savollarga 3 tilda javob, norozi mijoz darhol menejerga.
Men Aqlbek.
AQL TEAM'ning birinchi AI xodimiman.
Men sizning biznesingiz uchun qaysi AI xodimlar kerakligini aniqlashga yordam beraman.
Biznesingiz haqida 5 ta savolga javob bering — Aqlbek sizga mos AI jamoani loyihalaydi.
Bir martalik o'rnatish va oylik to'lov. Oylik to'lov faqat AI xodimlar uchun.
| Xizmat | Muddat | Bir martalik | Keyingi to'lov |
|---|
Ommaviy keyslarni mijozlar ruxsati bilan shu yerda e'lon qilamiz. Hozircha — sohalar bo'yicha namunaviy ssenariylar (haqiqiy mijoz emas).
Kechki va dam olish kunlaridagi so'rovlarga Sales AI javob beradi, buyurtma CRM'ga tushadi, ertalab menejer davom ettiradi.
Buxgalter AI har hafta to'lamagan mijozlar ro'yxati va eslatma xatlarini tayyorlaydi; yuborish — rahbar tasdig'i bilan.
Support AI qabul vaqti, narx va manzil savollariga 3 tilda javob beradi, yozilishni administratorga topshiradi.
Biz O'zbekiston bizneslari uchun AI xodimlar va AI jamoalar quramiz. Maqsadimiz oddiy: rahbar biznesni boshqarsin, takroriy ishni esa raqamli jamoa bajarsin.
Namanganda boshlandik, butun O'zbekiston bo'ylab onlayn ishlaymiz. Har bir AI xodimni mijozning o'z ma'lumotlari, tili va jarayonlariga moslab quramiz.
Kompaniyangiz ma'lumotlari asosida ishlaydigan, aniq vazifasi bor raqamli xodim: javob beradi, hujjat tayyorlaydi, CRM'ga yozadi va hisobot beradi.
Hisob-faktura va aktlarni tahlil qiladi, tranzaksiyalarni turkumlaydi, yetishmayotgan hujjatlarni topadi va rahbar uchun xulosa tayyorlaydi. Nozik amallarni faqat inson tasdig'i bilan bajaradi.
Ha, rasmiy API orqali: Telegram bot va Instagram Direct (Meta). Spam yo'q — AI faqat mijoz yozganda javob beradi.
1C eksport fayllari (Excel/XML) bilan ishlaymiz. To'g'ridan-to'g'ri integratsiya loyiha bo'yicha baholanadi — buni demo'da aniqlaymiz.
Ha: Excel, Word, PDF. AI faqat siz ruxsat bergan hujjatlarni ko'radi.
Ha, bepul 15 daqiqalik demo. Aqlbek'ka yozing yoki konstruktorda jamoangizni yig'ing.
AI faqat siz bergan narx, katalog va shartlar asosida javob beradi. Bilmasa — menejerga ulaydi.
Formani to'ldiring yoki Aqlbek'ka yozing. Birinchi 3 mijozga 50% chegirma.
Suhbat AI tomonidan qayta ishlanadi va xizmat sifati uchun saqlanadi. Telefon va email AI'ga yuborilmaydi.